Plastik kartalar
CVV-kod bank kartasining orqa tomonida ko‘rsatilgan uchta raqamdan iborat koddir. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida CVV-kodni uchinchi shaxslarga ma’lum qilmaslik tavsiya etiladi, chunki bu ma’lumotlar sizning kartangizni internet orqali boshqarish imkonini beradi.
Uzcard kartasiga sms xabarnomani bankomat orqali yoqish mumkin. Humo kartasiga sms xabarnoma yoqish uchun karta ochilgan bank ofisiga kelishingiz lozim.
Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo‘lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.