Karta haqida
Uzcard turli xaridlar va xizmatlar uchun milliy valyutada naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish, kartadan kartaga P2P o‘tkazmalar uchun juda qulay bo‘lgan plastik karta.
Karta pul birligi
So‘m
Kartani ochish bo‘yicha bank xizmati
36 000 so‘m
Amal qilish muddati
5 yil
Kartani qayta chiqarish
36 000 so‘m
Turonbankning Uzcard plastik kartasi afzalliklari:
-
Hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mablag‘larini saqlashning xavfsizligi;
-
Naqd pul mablag‘ingizning yo‘qolmasligi yoki o‘g‘irlanmasligi kafolati;
-
Hisob-kitoblarning aniqligi.
Turonbank to‘lov kartasi yordamida Siz quyidagi to‘lov va operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin:
-
Karta hisob raqamiga mehnat haqingiz va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘tkazish;
-
Savdo terminallari o‘rnatilgan savdo punktlarida xarid qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
-
Bankomatlarda kartadagi mablag‘ni naqdlashtirish;
-
Bank g‘aznalarida naqd pul olish (faqat individual va mehnat haqi kartalar bo‘yicha);
-
Pul mablag‘ini karta hisob raqamidan yuridik va jismoniy shaxslar hisob raqamlariga o‘tkazish, masalan, institutda taʼlim olish uchun yoki kredit bo‘yicha qarzlarni uzish uchun;
-
Karta hisob raqamiga naqd pul mablag‘ini o‘tkazish;
-
Kommunal hizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish (gaz, elektrenergiya, mobil aloqa, internet xizmatlari) va boshqalar.
QR-kod onlayn to‘lovning xavfsiz va ishonchli platformasi:
-
QR-kod (Quick Response Code) – tezkor aniqlanadigan kod bo‘lib, u obyekt haqidagi maʼlumotni o‘zida mujassam etadi va savdo terminalisiz to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Agar onlayn harid bo‘lsa, bank kartasi yoki shaxsiy maʼlumotlar talab etilmaydi.
-
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: pdf
Format: pdf
Bank kartani olish uchun arizani veb-sayt orqali topshirishingiz mumkin. Onlayn ariza shaklini to‘ldiring, bizning xodimimiz siz bilan bog‘lanib, kreditni rasmiylashtirish va olish shartlari haqida sizga ma’lumot beradi.