22 Noy 2026
«Turonbank» jamoasi nomidan, avvalo, barça mijozlarimiz, omonatçilarimiz va hamkorlarimizga yillar davomida bankka bildirib kelayotgan işonçi uçun samimiy minnatdorlik bildiramiz.
36 yildan buyon Özbekiston moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan «Turonbank» bugungi kunda minglab mutaxassislar, yuz minglab mijozlar va mamlakatimiz böylab keng xizmat körsatiş tarmoğiga ega moliyaviy muassasadir. Ötgan yillar davomida bank xizmatlarini rivojlantiriş, ularning sifati va qulayligini oşiriş, mijozlarimiz işonçini mustahkamlaş yölida izçil işlar amalga oşirildi. Bu işlar kelgusida ham davom ettiriladi.
Sönggi kunlarda bank Boşqaruvi raisi bilan boğliq tarqalayotgan xabarlar jamoatçilikda muayyan savollar tuğdirişini mumkinligini tuşunamiz. Şu munosabat bilan ma’lum qilamizki, bank öz faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirmoqda. Bank xizmatlari markazlari, ofislar va raqamli platformalar orqali mijozlarga xizmat körsatiş davom etmoqda. Bankning omonatçilar, mijozlar, investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari öz kuçida qoladi.
«Turonbank» faoliyati korporativ boşqaruv, içki nazorat va amaldagi qonunçilik talablari asosida tashkil etilgan. Bank jamoasi öz zimmasidagi vazifalarni mas’uliyat bilan bajariş, xizmatlar sifatini yanada oşiriş va mijozlar manfaatlarini ta’minlaş yölidagi faoliyatini davom ettiradi.
Biz uçun mijozlarimiz işonçi katta mas’uliyatdir. Sizlarning fikr-mulohazalaringiz, savol va takliflaringiz biz uçun muhim. Şu bois, sizlar bilan oçiq muloqotni davom ettiramiz va kelib tuşayotgan murojaatlarni e’tibor bilan körib boramiz.
Bank xizmatlari bilan boğliq savollar yuzasidan 1220 raqamli aloqa markazimizga yoki rasmiy axborot kanallarimiz orqali murojaat qilişingiz mumkin.
Hurmat bilan,
«Turonbank» jamoasi
Muallif: Matbuot xizmati








