Axborot xizmati
+998 71 202 01 01 (126)
Ish vaqti: 09:00 – 18:00
Matbuot kotibi va Axborot xizmatining vazifalari:
“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlariga amal qiladi.
“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib boorish.
Moliya muassasasi ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish.
Muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida moliya muassasasi rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish.
Axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida moliya muassasasi faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish.
Davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.
Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.