“Turonbank” ATB ta’sischiligidagi investitsion korxona rahbari Azimjon Xodjakbarov Koreya Respublikasida hapkido sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi! 

Hapkido — kuch, chaqqonlik, muvozanat, o‘zini himoya qilish mahorati va qat’iy intizomni uyg‘unlashtirgan jang san’ati. Ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritish Azimjon Xodjakbarovning tinimsiz mehnati, puxta tayyorgarligi va yuksak mahorati samarasidir.

Mazkur yutuq, shuningdek, “Turonbank” rahbariyati tomonidan xodimlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborning ham samarasidir. Xodimlarning sport bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yangi marralar sari intilish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

“Turonbank” jamoasi Azimjon Xodjakbarovni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi! Unga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Turonbank — sog‘lom hayot, kuchli jamoa va yangi g‘alabalar sari! 
photo_2026-10-23_11-55-40.jpg
photo_2026-10-23_11-55-43.jpg
photo_2026-10-23_11-56-00.jpg
photo_2026-10-23_12-20-25.jpg
photo_2026-10-23_12-20-26.jpg