Bugun, 19-oktabr kuni poytaxtimizda iqtisodiyot va ma’rifat hamkorligini yanada oshirishga qaratilgan “Oydin Gurunglar 2026” forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kreativ iqtisodiyot, moliya, tadbirkorlik va iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishga bag‘ishlangan ushbu nufuzli anjumanda Turonbank ham o‘zining ma’rifiy tashabbuslari bilan faol qatnashdi.

Bank vakillari Toshkent metropolitenida har kuni minglab yo‘lovchilarning vaqtini mazmunli o‘tkazishga, bepul mutolaa va kitob almashishiga xizmat qilayotgan — “Turon kitob bekati” loyihasi bilan qatnashdilar.

Aynan ushbu “Turon kitob bekati” loyihasi hamda mamlakatimizda mutolaa muhitini boyitishga xizmat qilayotgan “Mahalla kutubxonasi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani uchun Turonbank rahbariyati forum doirasida munosib e’tirof etildi va taqdirlandi.

Forumning eng muhim yangiliklaridan biri — dunyoga mashhur iqtisodiy va tarbiyaviy asarlarning o‘zbek tilidagi yangi tarjimalari taqdimoti bo‘ldi. Ushbu noyob kitoblar 2026-yil 10-noyabrdan boshlab respublikamizdagi barcha axborot-kutubxona markazlariga yetkazib berilishi ma’lum qilindi.

“Oydin Gurunglar 2026” o‘zining yangi loyiha va g‘oyalarini qadimiy Xiva shahrida davom ettiradi.

Turonbank — nafaqat moliya, balki ziyo va taraqqiyot yo‘lida ham siz bilan birga! 

photo_2026-10-19_11-39-57.jpgphoto_2026-10-19_18-29-47.jpgphoto_2026-10-19_18-29-48.jpgphoto_2026-10-19_18-29-49.jpgphoto_2026-10-19_18-29-50.jpgphoto_2026-10-19_18-29-53.jpgphoto_2026-10-19_18-29-54 (2).jpgphoto_2026-10-19_18-29-54.jpgphoto_2026-10-19_20-55-51.jpg