20 Okt 2026
“Turonbank” ATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi BXM binosida “Korrupsiyasiz bank” shiori ostida navbatdagi profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Unda bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Yuridik xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ullari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi BXM, Nukus va Ko‘hna qal’a BXO xodimlari va mahalla bankirlari qatnashdi.
Tadbirning asosiy maqsadi bank tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy bilimi va mas’uliyatini oshirish hamda xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida korrupsiyaga oid javobgarlik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vazifalarini halol bajarish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Bankda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, kiberxavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kiberfiribgarlik usullari, mijozlarning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlarini himoya qilish hamda “drop-karta”lar orqali amalga oshiriladigan shubhali operatsiyalar bilan bog‘liq xavflar tushuntirildi. Xodimlarga axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot davomida savollarga javob berilib, korrupsiya va kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati va hushyorligi muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Turonbank — faoliyatingizda ishonchli va shaffof hamkor!
.jpg)

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati