Kredit haqida
I. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi kredit liniyasi
Jalb etilgan kredit liniyasi summasi | 30 mln AQSh dollari |
Moliyalashtirish maqsadlari | Agrosanoat klasterlari va samarali hamkorlik uchun moliyaviy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Maqbul investitsiyalar birinchi navbatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: intensiv bog‘lar, energiya tejaydigan sug‘orish tizimlari, quyoshdan suv isitish tizimlari va suv ko‘targichlar, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash, meva-sabzavotchilik mahsulotlari qadoqlash tara ishlab chiqarish, avtorefrijiratorlar sotib olish, o‘zgaruvchan iqlimga chidamkor infratuzilma va qo‘shilgan qiymat zanjirini moliyalashtirishni (etkazib berish zanjiridagi korxonalar doirasida aylanma mablag‘larni moliyalashtirish), bir yillik paxta va g‘alla yetishtiriladigan ba’zi yerlar o‘rniga ko‘p yillik intensiv bog‘lar va uzumzorlar yaratish va boshqa investitsiyalar |
Har bir loyiha bo‘yicha ajratilgan kreditning minimal va maksimal summasi |
Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalari uchun kredit quyidagicha: - investitsion loyihalar uchun 1 000 000,0 AQSh dollarigacha; - aylanma mablag'larni to'ldirish uchun 250 000,0 AQSh dollarigacha. Samarali hamkorlik va klasterlar uchun kredit quyidagicha: - barcha subkreditlar (kredit limitining) maksimal umumiy miqdori meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirini (ishlab chiqarish, qayta ishlash va/yoki saqlash, sotish) moliyalashtirish uchun 8 000 000 AQSh dollarigacha; - qo‘shilgan qiymatning bitta zanjirini moliyalashtirish miqdori 2 000 000 AQSh dollarigacha; - aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 250 000,0 AQSh dollarigacha. |
Moliyalashtirish muddatlari | 3 yilik imtiyozli davr bilan 10-yilgacha |
Foiz stavkasi miqdori |
AQSh dollarida: SOFR + o‘zgaruvchan spred + Iqtisodiyot va moliya vazirligi marjasi 1% + bank marjasi 3% = 12% Milliy valyutada: 18% |
Alohida shartlari | Respublikada hududlari |
Ta'minot turlari |
|
II. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi (9509-UZ va 7295-UZ) kredit liniyasi
Jalb etilgan kredit liniyasi summasi | 15 mln AQSh dollari |
Moliyalashtirish maqsadlari |
Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik mahsulotlarini sut, go‘sht mahsulotlari va ularni qayta ishlash, (teri, charm, jun, ichak) oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, kichik ishlab chiqarish, veterinariya xizmat ko‘rsatish, chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va shug‘ullanishni rejalashtirgan korxonalar, shuningdek iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan, chidamli va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashdan manfaatdor bo‘lgan chorvadorlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha faqatgina korxonalarning barqarorligini oshiradigan va iqlim o‘zgarishidan foyda keltiradigan investitsiyalarni moliyalashtiradi. |
Har bir loyiha bo‘yicha ajratilgan kreditning minimal va maksimal summasi |
Kredit liniyasidan yagona qarz oluvchiga beriladigan barcha sub-kreditlarning jami summasi 3 000 000 AQSH dollaridan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun sub-kredit miqdori 250 000 AQSH dollari ekvivalenti miqdoridan oshmasligi lozim.
Kredit liniyasida 3 ta oyna mavjud: |
Moliyalashtirish muddatlari | Investitsiya uchun sub-kreditlar so‘ndirish muddati moliyalashtirilgan investitsiyalarning hayotiy davri yoki qaysi biri qisqaroqligiga qarab maksimal 15 yillik muddatdan oshmasligi, imtiyozli davr maksimal 5 yildan oshmasligi kerak, aylanma mablag‘larga sub-kredit berish holatlarida sub-kreditni qaytarish muddati 24 oydan va imtiyozli davri 9 oydan oshmasligi kerak. |
Foiz stavkasi miqdori | XTTBning mablag‘laridan subsidiar qarzning AQSH dollarida yechilgan va so‘ndirilmagan qismiga nisbatan boshlang‘ich stavka (SOFR + o‘zgaruvchan spred + Iqtisodiyot va moliya vazirligi marjasi 1% miqdorida) + bank marjasi 5% miqdorida. XTUning mablag‘laridan subsidiar qarzning AQSH dollarida yechilgan va so‘ndirilmagan qismiga nisbatan boshlang‘ich stavka (1,25% + o‘zgaruvchan spred + Iqtisodiyot va moliya vazirligi marjasi 1% miqdorida hamda xizmat ko‘rsatganlik uchun to‘lov 0,75% + o‘zgaruvchan spred) + bank marjasi 5% miqdorida. XTTB va XTU uchun subsidiar kreditning milliy valyutada ajratiladigan qismi foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 4%. |
Alohida shartlari | Respublika hududlari |
Ta'minot turlari |
|
III. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymatni yaratish zanjirini rivojlantirish” qo‘shimcha moliyalashtirish loyihasi (3823-UZ) kredit liniyasi
Jalb etilgan kredit liniyasi summasi | 20 mln AQSh dollari |
Moliyalashtirish maqsadlari |
Chorvachilikni rivojlantirish, naslli qoramollar sotib olish, parrandachilikni rivojlantirish va boshqalar. |
Har bir loyiha bo‘yicha ajratilgan kreditning minimal va maksimal summasi |
5 000 000 AQSH dollarigacha ajratiladi. |
Moliyalashtirish muddatlari |
10 yilgacha |
Foiz stavkasi miqdori | Markaziy bank asosiy stavkasi + 3%. |
Alohida shartlari | OTB talabi bo‘yicha yaratiladigan ishchi o‘rinlarining 30%ni ayollar tashkil etishi kerak. |
Ta'minot turlari |
|
IV. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” kredit liniyasi (JICA) UZB-P-F-1 (2-bosqich)
Jalb etilgan kredit liniyasi summasi | 7 mln AQSh dollari |
Moliyalashtirish maqsadlari |
Kredit mablag‘lari loyiha tashabbuskorlariga qishloq xo‘jaligi sektorining meva-sabzavotchilik sohasi, mahsulot yetishtirish, qadoqlash, qayta ishlash, shok usulida muzlatish, logistika (jumladan yuk tashish texnikalarini xarid qilish) va boshqa quvvatlarni yaratish, oziq-ovqat sanoati loyihalariga, shuningdek aylanma mablag‘lar uchun ajratiladi. |
Har bir loyiha bo‘yicha ajratilgan kreditning minimal va maksimal summasi |
3 000 000 AQSH dollarigacha ajratiladi. |
Moliyalashtirish muddatlari |
Investitsion loyihalar uchun 60 oylik imtiyozli davr bilan 180 oy muddatgacha; Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatgacha (sub-loyiha umumiy miqdorining 20%dan oshmasligi kerak). |
Foiz stavkasi miqdori | Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida |
Alohida shartlari | OTB talabi bo‘yicha yaratiladigan ishchi o‘rinlarining 30%ni ayollar tashkil etishi kerak. |
Ta'minot turlari |
|
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: doc

Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar kechasiyu kunduzi qabul qilinadi va tezda ko'rib chiqiladi.
Onlayn so'rovnoma shaklini to'ldiring. Xodimimiz siz bilan bog'lanib, ro'yxatdan o'tish va berish shartlarini tushuntiradi.
