Hurmatli mijozlar!
“Turonbank” ATB joriy yilning 9-dekabridan 12-dekabriga qadar barcha bank xizmatlari markazlari va ofislarida xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qiladi.
Ushbu vaqtinchalik cheklov xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali amalga oshirilayotgan amaliyotlarning to‘g‘riligi hamda shaffofligini o‘rganish, hisobvaraqlarni inventarizatsiya qilish va 2026-yilni muvaffaqiyatli yakunlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy etilmoqda.
Mijozlarimizdan xalqaro pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq moliyaviy amaliyotlarni ko‘rsatilgan muddatdan avval yoki keyin rejalashtirishlarini so‘raymiz.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!
24 Noy 2026








