“Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga Obidov Zoxidjon Sidiqovich tayinlandi.

Obidov Zoxidjon Sidiqovich 1985-yil 11-yanvarda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.

U 2005-yilda Farg‘ona politexnika institutini bakalavr darajasida, 2020-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini magistratura yo‘nalishida tamomlagan.

Mutaxassisligi — iqtisodiyot va davlat boshqaruvi.

2006-yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.

2025-yil fevral oyidan boshlab mazkur lavozimda faoliyat yuritmoqda.