“Turonbank” ATB Kichik va o‘rta biznes departamenti direktori – Boshqaruv a’zosi lavozimiga Muazzamov Akmal Akbar o‘g‘li tayinlandi.

Muazzamov Akmal Akbar o‘g‘li 1993-yil 2-iyunda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

U 2010-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutida, 2023-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida ta’lim olgan.

Mutaxassisligi — buxgalteriya hisobi va audit, biznesni boshqarish (bank ishi).

2017-yildan buyon bank tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.

2025-yil aprel oyidan boshlab mazkur lavozimda faoliyat yuritmoqda.