Farg‘ona BXMda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

"Turonbank" ATBning Farg‘ona BXMda xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda bankning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir bank tizimida komplayens boshqaruvining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xodimlarda huquqiy ongni kuchaytirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni erta aniqlash, shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratildi.

Seminar davomida quyidagi asosiy masalalar batafsil ko‘rib chiqildi:
  • korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar;
  • manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va boshqarish tartibi;
  • bank xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishdagi etik standartlar;
  • xodimlarning shaxsiy mas’uliyati va ichki nazorat mexanizmlariga rioya etish talablari;
  • mijozlar bilan munosabatlarda halollik, xolislik va professional odob-axloq me’yorlari.

Tadbir yakunida xodimlar uchun savol-javob sessiyasi tashkil etildi va amaliy misollar asosida risklarni to‘g‘ri baholash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
"Turonbank" ATB korrupsiyaga nisbatan “nol toleransiya” siyosatini davom ettirib, barcha bo‘linmalarida komplayens madaniyatini mustahkamlash, shaffof va mas’uliyatli bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha izchil choralarni amalga oshirmoqda.

photo_2025-11-11_19-21-45.jpg
photo_2025-11-11_19-21-46.jpg
photo_2025-11-11_19-21-47.jpg
photo_2025-11-11_19-21-48.jpg