Farg‘onada korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash mavzusida muhim uchrashuv o‘tkazildi

Farg‘onada BXM xodimlari ishtirokida maxsus organ vakillari bilan korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida halollik tamoyillarini mustahkamlash, xizmat faoliyatida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirishlar berildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, xodimlarning savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

Uchrashuv yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati muhim ekani alohida ta’kidlandi. Halollik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya qilish xizmat samaradorligini oshirish bilan birga jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi. Shuningdek, bu kabi uchrashuvlar xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi bildirildi.

photo_9_2026-02-10_15-54-50.jpg
photo_5_2026-02-10_15-54-50.jpg
photo_4_2026-02-10_15-54-50.jpg
photo_2_2026-02-10_15-54-50.jpg