“Turonbank” ATB Buxoro BXM binosida “Korrupsiyasiz bank” shiori ostida navbatdagi manzilli targ‘ibot va profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati hamda Buxoro viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, Buxoro BXM va unga biriktirilgan bank xizmatlari ofislari xodimlari, mahalla bankirlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, xodimlarda korrupsiyaga qarshi ong va madaniyatni shakllantirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan kiberxavfsizlik masalalari, bank tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan firibgarlik holatlari, “drop karta”lardan noqonuniy foydalanish oqibatlari hamda tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy moliyaviy sxemalarning salbiy ta’siri haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbirda bankda joriy etilgan ISO 37001:2025 xalqaro korrupsiyaga qarshi menejment tizimi talablari va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Har bir xodimda korrupsiya va kiberjinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, yuksak huquqiy ong va mas’uliyatni rivojlantirish muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.
Turonbank — ochiqlik, shaffoflik va xavfsizlik tamoyillariga sodiq!

Дата начала:
15.06.2026