“Turonbank” ATB Navoiy BXM binosida “Korrupsiyasiz bank” shiori ostida navbatdagi manzilli targ‘ibot va profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda Navoiy viloyati IIB Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, mayor T.Suyunov, bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i S.Kamilov hamda bosh menejer X.Zikirov ishtirok etib, Navoiy BXM, Nurafshon BXO, Navbahor BXO va Xatirchi BXO xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Tadbir davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va ular uchun belgilangan javobgarlik choralari, korrupsiyaning bank tizimiga salbiy ta’siri hamda uning oldini olish bo‘yicha amaliy mexanizmlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ichki nazorat tizimlarining ahamiyati va xodimlarning xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda bankda joriy etilgan ISO 37001:2025 xalqaro korrupsiyaga qarshi menejment tizimi haqida ham ma’lumot berildi. Mazkur standart doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, har bir xodimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, kasbiy mas’uliyat va daxlsizlik tamoyillariga qat’iy amal qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bu boradagi targ‘ibot va profilaktik tadbirlar bank tizimida ochiqlik va shaffoflikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Turonbank — ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga sodiq!

photo_1_2026-06-30_18-10-27.jpg
photo_2_2026-06-30_14-52-37.jpg
photo_3_2026-06-30_14-52-37.jpg
photo_4_2026-06-30_14-52-37.jpg