9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni. Sana munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab “Antikorrupsiya oyligi” o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur oylik doirasida “Turon bank” ATBda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda bank xodimlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakillari va moliya sohasida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.
Дата начала:
09.12.2023