“Turonbank” ATBda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilinmoqda

“Turonbank” ATBning barcha hududiy bank xizmatlari markazlarida 2025-yil yakunlari bo‘yicha bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi faoliyati natijalari muhokama qilinmoqda.

Yig‘ilishlarda 2026-yilga mo‘ljallangan Bankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha dasturi hamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi tomonidan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar va ularning ijrosi masalalari muhokama qilindi.

Mazkur jarayonlar bank faoliyatida ochiqlik, halollik va korrupsiyaga murosasiz munosabatni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

#Turonbank #KorrupsiyagaQarshiKurash #Halollik #Ochiqlik #BankTizimi

photo_2025-12-26_11-50-22.jpg
photo_2025-12-26_11-50-24.jpg
photo_2025-12-26_11-50-26.jpg
photo_2025-12-26_11-50-29.jpg
photo_2025-12-26_11-50-31.jpg
photo_2025-12-26_11-50-32.jpg
photo_2025-12-26_11-50-36.jpg