Joriy yilning 25-mart kuni “Turonbank” ATBda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish hamda bank xizmatlari jarayonida shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda komplaens, xavfsizlik xodimlari, mahalla bankirlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Markaziy bank tashabbusi bilan o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma natijalari muhokama qilinib, bank xizmatlarida ochiqlik va shaffoflik darajasi yuqori baholangani, shu bilan birga ayrim yo‘nalishlarda, xususan kredit ajratish va ishga qabul qilish jarayonlarida korrupsiyaviy xavf saqlanib qolayotgani qayd etildi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish maqsadida bank xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish, “inson omili”ni kamaytirish, avtomatik skoring tizimlarini joriy etish, xodimlar uchun etik me’yorlar bo‘yicha majburiy o‘quvlarni tashkil etish hamda ishga qabul qilish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash kabi muhim vazifalar belgilandi.

Mazkur yig‘ilish bank tizimida ochiqlik va xolislik tamoyillarini mustahkamlash, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda mijozlar ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shaffoflik va xolislik — ishonchli bank tizimining mustahkam poydevori.

photo_1_2026-04-13_13-25-49.jpg
photo_4_2026-04-13_13-25-49.jpg
photo_5_2026-04-13_13-25-49.jpg
photo_8_2026-04-13_13-25-49.jpg