Xorazm BXMda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

“Turonbank” ATB Xorazm BXMda Urganch shahar prokurori o‘rinbosari M.M. Rozzoqov ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mas’ul xodimlarga profilaktik choralarni kuchaytirish hamda xizmat intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va sog‘lom ish muhitini ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

photo_4_2026-02-10_16-18-40.jpg
photo_3_2026-02-10_16-18-40.jpg
photo_2_2026-02-10_16-18-40.jpg
photo_1_2026-02-10_16-18-40.jpg