Yangi bilimlar — yangi yondashuvlar sari dadil qadam! 

“Turonbank” ATBda Komplaens nazorat xodimlari uchun tashkil etilgan 3 kunlik o‘quv-seminar o‘z yakuniga yetdi.

Seminar davomida xalqaro komplaens standartlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, ro‘yxatdagi shaxslar bilan ishlash, kripto-aktivlar, moliyaviy sanksiyalar, ichki nazoratning takomillashuvi va OID xavflarini boshqarish kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur tahlillar o‘tkazildi.

O’quv yakunida o‘tkazilgan test sinovlari esa ishtirokchilarning bilimini baholash, nazariy va amaliy ko‘nikmalarnmustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.

Har bir mavzu — tizimli yondashuvga, har bir ishtirokchi — mas’uliyatli qarorga ilhom berdi. Endi esa o‘rganilgan bilimlar amaliyotda o‘z samarasini berishiga ishonamiz!