Размер:
AAA
Цвет: CC
Изображения: Вкл.Выкл.
Обычная версия сайта
1220
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Uzluksiz
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Menyu
Xodimlarni boshqarish siyosatining asosiy vazifalari quyidagi samarali tizimlarni yaratishdan iborat:
• Vakant lavozimlarga munosib nomzodlarni tanlash;
• yosh xodimlarni qoʻllab-quvvatlash;
• kadrlar zaxirasini shakllantirish;
• xodimlarni oʻqitish va rivojlantirish;
• korporativ qadriyatlarni rivojlantirish.
Vakant lavozimlarga munosib nomzodlarni tanlash.
Vakant lavozimga nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi. Tanlov “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tizimida mavjud vakant lavozimlarni munosib nomzodlar bilan butlash maqsadida oʻtkaziladi.
Tanlovni tashkil etishda shaffoflikni taʼminlash maqsadida test-sinovlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Shaffoflik tamoyili:
• vakant lavozimlar haqidagi maʼlumotlarni “Turonbank” ATBning rasmiy veb-saytida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarida ochiq joylashtirish;
• tanlovning dastlabki bosqichini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda inson omilini qisqartirish orqali amalga oshirish;
• nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish maqsadida Ekspert guruhi tuzish;
• nomzodlarga tanlov natijalarini maʼlum qilish orqali taʼminlanadi.
Shuningdek, “Turonbank” ATBning maxsus stipendiya dasturi boʻyicha tanlov oʻtkazilib kelmoqda. Tanlovda respublikaning moliya-iqtisod yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslanuvchi oliy oʻquv yurtlarining iqtidorli talabalari orasidan reyting baholari, test natijalari, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda makroiqtisodiyot va mantiqiy fikrlashi yuzasidan oʻtkaziladigan suhbat yakuni boʻyicha eng iqtidorli talabalar tanlab olinadi.
Yosh xodimlarni qoʻllab-quvvatlash.
“Turonbank” ATB tizimiga yangi ishga qabul qilingan xodimlarni moslashtirish boʻyicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Mazkur jarayon malakali mutaxassislar tomonidan olib borilib, yoshlarning ish oʻrinlariga tezroq moslashib, jamoaviy ishlash koʻnikmalarining shakllanishiga imkoniyatlarni bermoqda. Qayd etishimiz lozim, mazkur jarayonlarni tizimga tatbiq etishda xorijiy davlatlar markaziy banklari tajribasi va xalqaro ekspertlarning fikr va takliflaridan keng foydalanilmoqda.
Kadrlar zaxirasini shakllantirish
Kadrlar resursidan oqilona foydalanish ishlari samarali tashkil etish maqsadida har yili rahbarlik lavozimlari uchun salohiyatli kadrlardan iborat zaxira tarkiblari tasdiqlanadi. Zaxira tarkibidagi xodimlarni rivojlantirishga, ularning yetakchi xorijiy universitetlarda taʼlim olishlariga va xalqaro institutlarda malakalarini oshirishga, shuningdek, yirik anjuman va xalqaro uchrashuvlarda munosib ishtirok etishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Xodimlarni oʻqitish va rivojlantirish
“Turonbank” ATB tizimida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz tizim yaratilgan boʻlib, u oʻz ichiga milliy va xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan seminar, oʻquv kurslari, treninglar, xalqaro anjumanlar, stajirovka va xorijiy xizmat safarlarini qamrab oladi.
Korporativ qadriyatlarni rivojlantirish
“Turonbank” ATB tizimida xodimlar oʻrtasida korporativ madaniyatni yanada oshirish oʻzaro doʻstlik hamda jamoa ishlarida faol boʻlishni targʻib etish maqsadida ular oʻrtasida sport musobaqalari, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari, teatr va sanʼat maskalari hamda muzeylarga jamoaviy tashriflar doimiy oʻtkazib kelinishi yoʻlga qoʻyilgan.




Qulay
Qulay
Qulay
Yangi mijozlarni masofadan turib My ID tizimi orqali ro‘yxatga olish va identifikatsiyalash.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Konversiya
Konversiya
Konversiya
Konvertatsiya qilinadigan xorijiy valyutalar bo‘yicha konversion xizmatlar.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
To‘lov QR-kod orqali
To‘lov QR-kod orqali
To‘lov QR-kod orqali
Xaridlar uchun to‘lovni joylarda HUMO PAY, QR‑kod orqali amalga oshirish mumkin.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Asosiy Kartada
Biz bilan bog‘lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Uzluksiz
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Sayt menyusi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X