«Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik hisobot umumiy yig‘ilishi 2024 yil «27» iyun kuni soat 17:00 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4a uy manzilida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi
КУН ТАРТИБИ:
2. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdagi yillik hisobot umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash.
3. Bankning 2023 moliyaviy yildagi faoliyati yakunlari boʻyicha hisobotini hamda 2024-yilda bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida bank Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash.
4. Bankning 2023-yildagi faoliyati yakunlari boʻyicha tashqi audit xulosasini koʻrib chiqish.
5. Bank Kengashining 2023-yildagi faoliyati boʻyicha hisobotini hamda bankning rivojlanish strategiyasiga erishishi boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotini tasdiqlash.
6. Bankning 2023 yil yakunlari boʻyicha yillik hisoboti, buxgalterlik balansi, foyda va zararlar hisobini tasdiqlash.
7. Bankning “umidsiz” aktivlarini undirish bo‘yicha qo‘llanilgan
chora-tadbirlar haqidagi hisobotini tasdiqlash.
8. Bankning oʻtgan yillarning taqsimlanmagan (jamgʻarilgan) foydasini,
shu jumladan bankning 2023-yil yakunlari boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash tartibini tasdiqlash.
9. Bankda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini koʻrib chiqish.
10. Bankning 2024 yil uchun tashqi auditorini tasdiqlash va unga toʻlanadigan xizmat haqining eng koʻp miqdorini belgilash.
11. “Turonbank” ATB boshqaruv faoliyati hamda Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash.
12. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan bankning affillangan shaxslari bilan kelgusida bankning kundalik xoʻjalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlar hamda yirik bitimlar roʻyhatini aniqlash va ularning amalga oshirilishini maʼqullash.
13. Bank Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirish masalasini koʻrib chiqish.
Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar berish uchun aksiyadorlar reestri 2024-yil “05” iyun holatiga, umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reestri 2024-yil “21” iyun holatiga tuziladi.
Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yigʻilishga kelishlarini soʻraydi.
Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2024-yil “27” iyun kuni soat 1600 dan boshlab yuqorida koʻrsatilgan manzilda roʻyxatga olinadi.
Yigʻilishni oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot hamda unda koʻriladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4a uy) hamda bankning barcha filiallari,
Telefonlar: +99895 144-60-00; 202-01-01; 202-70-70.
“Turonbank” ATB Kuzatuv Kengashi 2024-yil 12-iyundagi K-36-sonli qarori bilan Bank Kengashining 2024-yil 5-iyundagi K-33-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan, “Birja” gazetasining 2024-yil 6-iyundagi 45(3136)-sonida eʼlon qilingan bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi kun tartibining 11-masalasini bekor qilish hamda 11–masala bekor qilinishi munosabati bilan kun tartibining 12 va 13 masalalari mos ravishda 11 va 12–masalalar deb oʻqilishi yuzasidan qaror qabul qilganligini maʼlum qiladi.