“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi
2024-yil «18» sentyabr kuni soat 1100 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay koʻchasi, 4a uy manzilida boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi
KUN TARTIBI:
1. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash.
3. “Turonbank” ATB Kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi Nizom»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.
4. “Turonbank” ATB Kuzatuv kengashi aʼzolarini mukofotlash toʻgʻrisidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar berish uchun aksiyadorlar reestri 2024-yil “28” avgust holatiga, umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reestri 2024-yil “12” sentyabr holatiga tuziladi.
Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yigʻilishga kelishlarini soʻraydi.
Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2024-yil “18” sentyabr kuni soat 1000 dan boshlab yuqorida koʻrsatilgan manzilda roʻyxatga olinadi.
Yigʻilishni oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot hamda unda koʻriladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4a uy) hamda bankning barcha filiallari, Telefonlar: +99895 144-60-00; 202-01-01; 202-70-70.