“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi 2026-yil “26” iyun kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay koʻchasi, 4a uy manzilida boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi

KUN TARTIBI:

1. Bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishining sanoq komissiyasi shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Turonbank” ATB aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishining reglamentini tasdiqlash.

3. Bank Kengashining 2025-yildagi faoliyati boʻyicha hisobotini hamda bankning rivojlanish strategiyasiga erishishi boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotini tasdiqlash. 

4. Bankning 2025 moliyaviy yildagi faoliyati yakunlari shu jumladan, biznes-reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha hisobotini hamda 2026-yilda bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida bank Boshqaruvining hisobotini tasdiqlash.

5. Bankning 2025-yildagi faoliyati yakunlari boʻyicha tashqi audit xulosasini koʻrib chiqish.

6. Bankning 2025-yil yakunlari boʻyicha yillik hisoboti, buxgalterlik balansi, foyda va zararlar hisobini tasdiqlash.

7. Bankning “umidsiz” aktivlarini undirish boʻyicha qoʻllanilgan chora-tadbirlar haqidagi hisobotini tasdiqlash.

8. Bankning 2025-yil yakunlari boʻyicha olingan sof foydasini taqsimlash tartibini tasdiqlash.

9. Bankda oʻtkazilgan korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash natijalarini koʻrib chiqish.

10. Bankning 2026-yil uchun tashqi auditorini tasdiqlash va unga toʻlanadigan xizmat haqining eng koʻp miqdorini belgilash.

11. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan bankning affillangan/aloqador shaxslari bilan kelgusida bankning kundalik xoʻjalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlar hamda yirik bitimlar roʻyhatini aniqlash va ularning amalga oshirilishini maʼqullash. 

12. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

13. Bank balansidan tashqari hisobraqamiga olingan aktivlarni hisobdan chiqarish.

14. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining e’lon qilingan aksiyalarining yangi miqdorini belgilash.

15. “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash.

Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar berish uchun aksiyadorlar reestri 2026-yil “03” iyun holatiga, umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reestri 2026-yil “22” iyun holatiga tuziladi.

Bank Kengashi aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlarning vakillaridan esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma bilan yigʻilishga kelishlarini soʻraydi.

Bank aksiyadorlari va ular nomidan vakillar 2026-yil “26” iyun kuni soat 1000 dan boshlab yuqorida koʻrsatilgan manzilda roʻyxatga olinadi.

Yigʻilishni oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha axborot hamda unda koʻriladigan hujjatlar bilan quyidagi manzilga va telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin: elektron manzil: www.turonbank.uz, “Turonbank” ATB Bosh ofisi (Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4a uy). Telefonlar: +99895 144-60-00; 202-01-01; 202-70-70.