Размер:
AAA
Цвет: CC
Изображения: Вкл.Выкл.
Обычная версия сайта
...

Bank haqida

Mijozlarning ishonchi biz uchun muhim
Turonbank aksiyadorlik tijorat banki 1990-yil 6-noyabr kuni tashkil etilgan boʻlib, 34 yildan buyon Oʻzbekiston moliya bozoridan oʻzining munosib oʻrniga ega. Hozirgi kunda Turonbankning 21ta Bank xizmatlari markazi va 70ta Bank xizmatlari ofisi mijozlarga xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Image
Menyu
Missiya
Mijozlarga xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori darajadagi bank xizmatlarini taqdim etish, shuningdek ularning mablag'larini samarali tasarruf qilish.
Maqsad

Bank faoliyatini kengaytirish, har bir mijozning talablariga javob beradigan moliyaviy qarorlarni takomillashtirish va taqdim etish, yangi bank xizmatlarini joriy etish – bular bankni rivojlantirishning asosiy strategik yo'nalishlari hisoblanadi.

Boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish orqali investitsion jozibadorlikning o'sishini ta'minlash va moliyaviy xizmatlar bozoridagi o'suvchi mavqeini saqlab qolish.

Bankning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari (ming so‘m)
Kreditlash faoliyati (mlrd. so‘m)
O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab filiallar soni
Ustuvor vazifalar
  • Turonbank filiallari va qo 'shimcha bo' linmalari tarmog'ini mamlakatning barcha viloyatlari va mintaqalarida, xususan Toshkent shahri bo'yicha kengaytirish;
  • Mijozlar bazasini kengaytirish va unda korporativ mijozlar ulushini oshirish;
  • Faoliyatni kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash;
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat ko'lamini kengaytirish va bankning valyuta zaxiralarini ko'paytirish.

34 yil siz bilan birga

Turonbank siz o‘ylaganingizdan ko‘ra sizga yaqinroqdir. Mijozlar ishonchi biz uchun muhim, shuning uchun ham qulay va sifatli, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy tizimlardan foydalangan holda siz uchun foydali bo‘lgan xizmatlarni taklif etamiz.

Fikringiz bilan bo‘lishing

Mijozlar ishonchi biz uchun muhim. Turonbank tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar haqida sizning fikr va mulohazalaringiz biz uchun qadrli, sababi, bu xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Statistika

1 903,7
mlrd. so‘m
jami kapital
1 484,1
mlrd. so‘m
bank ustav kapitali
360
korporativ mijozlar soni
547 133
jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlar soni
70+
bank xizmatlari ofislari soni
Bu milliy va xalqaro reyting agentliklarining reytinglari bilan tasdiqlangan
B/B
"Standard & Poorʻs" xalqaro reyting agentligi "Turonbank" ATBga quyidagi xalqaro reyting baholarini taqdim etdi: Qisqa / uzoq muddatli kredit reytingi boʻyicha "B/B" "Barqaror".
uzА+
"Ahbor-Reyting" banklararo reyting kompaniyasi "Turonbank" ATBga milliy shkala boʻyicha "uzA+" (Juda yuqori) kreditga qodirlik reytingini taqdim etdi.
2022-yilda
"S&P Global Ratings" agentligi 2022-yil uchun "Turonbank" ATBning kredit reytingini "B/B" darajasi bilan "Barqaror" deya tasdiqladi.

Osiyo taraqqiyot banki bilan yangi kredit liniya boʻyicha shartnoma imzolandi.

“Turonbank” ATB va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) oʻrtasida bank faoliyatini toʻliq transformatsiya qilish boʻyicha kelishuv shartnomasi imzolandi.

“Turonbank” ATB ICD va ITFC bilan 35 mln. dollarlik bitim imzoladi.

“Turonbank” ATBning moliyaviy salohiyati...
2021-yilda
Xususiy tarmoqni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi bilan “Islomiy darcha” tamoyili asosida Islom bankchiligi tizimini joriy etish boʻyicha kelishuv imzolandi.

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Turonbankning kredit reytingini yana B/B darajada, istiqbolini “Barqaror” deya tasdiqladi.

2021-yilda 612 mlrd. soʻmlik nominal qiymati 1700 soʻm boʻlgan 360 mln dona oddiy aksiyalar chiqarildi hamda yopiq obuna orqali toʻliq joylashtirildi.

Oʻzbekistonda soʻm Rossiyada...
2020-yilda
Jahon banki guruhiga kiruvchi Halqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan tarnsformatsiya jarayonlari boshlandi.

"Ahbor-Reyting" agentligi 2019-yil natijalariga koʻra "Turonbank" aksiyadorlik tijorat bankiga "uzA+", istiqboli "Barqaror" prognoziga ega milliy kredit reytingini berdi.

2020-yilda yuridik shaxslar uchun moʻljallangan 20 mlrd. soʻmlik depozit sertifikatlari chiqarildi va toʻliq joylashtirildi.

Turonbank faoliyatining 30 yillik yubileyi nishonlandi.

“Oʻzbekiston ipotekani...
2019-yilda
Turonbankning yangi “Andijon” filiali ochildi va natijada filiallar soni 20 taga yetdi.

Milliy reyting agentligi “AXBOR – REYTING” Turonbankning reyting koʻrsatkichini “UzA” “Barqaror” darajasida belgiladi.

Xalqaro reyting agentligi “STANDART & POORʻS” Turonbankning reyting koʻrsatkichini “B/B” “Barqaror” darajasida tasdiqlandi.

15ta Bank xizmatlar ofislari tashkil qilindi.

Umumiy qiymati 9 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha 22- emissiya qilindi va natijada bank kapitali 774,7 mlrd soʻmdan...
2018-yilda
Turonbankning yangi “Mirzo-Ulugʻbek” filiali Toshkent shahrida oʻz faoliyatini boshladi.

Turonbank Xitoyning Eksim banki bilan jami 85,8 mln. AQSH dollari miqdoridagi ikki tomonlama kelishuvlarni imzoladi.

Milliy reyting agentligi “AXBOR – REYTING” Turonbankning reyting koʻrsatkichini “UzA” “Barqaror” darajasida belgiladi.

Xalqaro reyting agentligi “STANDART & POORʻS” Turonbankning reyting koʻrsatkichini “B/B” “Barqaror” darajasida belgiladi.

24/7 rejimida oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish...
2017-yilda
Turonbankning yangi “Yunusobod” filiali ochildi.

Umumiy qiymati 50 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha 18- emissiya qilindi va natijada bank kapitali 100 mlrd soʻmdan ortiqni tashkil etdi.

Umumiy qiymati 59,5 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha 19-emissiya qilindi.
2016-yilda
Turonbank mijozlarni biometrik identifikatsiya tizimini joriy qildi.

Turonbank “Yangi ishchi oʻrinlarini yaratish boʻyicha loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha” eng yaxshi bank deb eʼtirof etildi.
2015-yilda
Turonbankning 17 emissiyasi hisobiga bank kapitali 4,1 mlrd. soʻmga oshib 50 mlrd. soʻmni tashkil etdi

Milliy reyting agentligi “AXBOR – REYTING” Turonbankning reyting koʻrsatkichini “UzA” “Barqaror” darajasida belgiladi.
2014-yilda
Turonbankning 16 emissiyasi hisobiga bank kapitali 6 mlrd. soʻmga oshib 46,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi;

Turonbank The New Era Award for Technology, Innovation and Quality- Texnologiyalar, Innovatsiyalar va Sifat uchun Yangi davr mukofotiga sazovor boʻldi.
2013-yilda
Jaxon banki va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi koʻmagida qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida yangi kredit liniya hisobidan moliyalashtirish yoʻlga qoʻyildi;

Turonbankning MyTuron - hisob raqamni masofadan boshqarish yangi xizmati joriy qilindi;

“The Banker” moliyaviy jurnalining taqdimotiga koʻra, Turonbank 2013-yilda Oʻzbekistondagi eng yaxshi bank deb eʼtirof etildi.
2012-yilda
Turonbankning 13 emissiyasi hisobiga bank kapitali 4,2 mlrd. soʻmga oshib 28,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi;

Xalqaro reyting agentligi “STANDART & POORʻS” Turonbankning reyting koʻrsatkichini “V-/S” “Barqaror” darajasida belgiladi;

Bank aksiyalarining nominal bahosi oshishi hisobiga bank ustav kapitali kapitali 6,0 mlrd. soʻmga oshib 34,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
2011-yilda
Turonbank Germaniyaning Commerzbank AG Frankfurt ning STP MT103 formatidagi avtomatlashtirish darajasi 95,28% gacha yetganligi uchun mukofotlandi.
2010-yilda
2010-yilda Turonbank 5,6 mlrd. soʻmga teng oʻz aksiyalarining qoʻshimcha emissiyasi haqida eʼlon qildi, Turonbankning ustav kapitali ikki barobar oʻsdi, bu esa potensial aksiyadorlarning bank faoliyatidan manfaatdorligi toʻgʻrisida dalolat beradi. Bundan tashqari Turonbank 2010-yildan boshlab, aholiga “Unistream” va “Migom” tizimlari boʻyicha pul oʻtkazish xizmatlarini amalga oshirmoqda.

2010-yilning noyabr oyida OAT Turonbankning moliya bozorida faoliyat koʻrsatayotganiga 20 yil toʻladi. 2011-yilning...
2009-yilda
2009-yilda bankning Ustav kapitali 2,2 mlrd. soʻmga ortdi va 2010-yilning 1-yanvariga 13,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2009-yilda “Promsvyazbank” OAJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan korrespondentlik munosabatlar oʻrnatildi va, AQSH valyutasi, yevro va Rossiya rublida korrespondentlik hisob raqamlari ochildi. Credit Suisse (Shveysariya), Commerzbank AG (Germaniya) i HSBC Bank London Branch banklariga naqd pullik xorijiy valyutani yetkazib berish tizimi tashkil etildi.

2009-yil davomida Electron,...
2008-yilda
2008 bank faoliyati uchun ayniqsa baxayr boʻldi. Moodyʻs xalqaro reyting agentligi OAKB Turonbankiga E+ moliyaviy barqarorlik reytingini berdi, bu reyting esa qarzni toʻlashga qodirlik V3 bahosiga tengdir. Bu reyting bankning yirik kliyentlar (ular ichida ham davlat korxonalari va hukumat muassasalari, ham xususiy kompaniyalar) bilan mustahkam ishchi aloqalar, rivojlangan filiallari, daromad va operatsion samaradorligi koʻrsatikichlarining yaxshilanib borishi, shuningdek aktivlar sifatining talab...
2007-yilda
2007-yildan boshlab bank moliya bozorda OʻzR Markaziy Banki litsenziyasi va Aksiyadorlar Umumiy Yigʻilishi qarori asosida Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Turonbank sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.

Mazkur yilda Turonbank “Reyters” diling tizimi aʼzosi, VISA International xalqaro toʻlovlar tizimining assotsiatsiyalashgan aʼzosi boʻldi, Credit Suisse bank (Shveysariya) bilan naqd pullik xorijiy valyuta yetkazib berish boʻyicha bitim tuzdi. 2007-yildan boshlab bank pul oʻtkazishning Contact deb nomlangan...
2005-yilda
Universal bank sifatida Turonbank 2005-yilda aksiyalarning qoʻshimcha emissiyasini oʻtkazdi va davlat muassasalari hamda yirik tijorat tuzilmalarni yangi aksiyadorlar sifatida jalb qildi.
2004-yilda
Turonbank tashqiqtisodiy faoliyatini xalqaro moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida ham rivojlantirdi. Buning natijasida 2004-yilda bank SWIFT SCRL xalqaro tashkilotining aʼzosi boʻldi. Bu bilan bogʻliq ravishda bankning mijozlar bazasi koʻpayib bormoqda va diversifikatsiya qilinmoqda, xalqaro operatsiyalar va pul oʻtkazish aylanmalari (oborotlari) hajmi koʻpayib bormoqda.
2003-yilda
2003-yilda bank oʻz tashqiqtisodiy faoliyatini rivojlantirish, xorijiy banklar bilan korrespondent munosabatlarni oʻrnatish hamda yirik xalqaro moliya institutlari bilan aloqalar oʻrnatish va bu aloqalarni rivojlantirish bilan shugʻullanadi. Buning natijasida Turonbank Oʻzbekistonda birinchi boʻlib “Bыstraya pochta” tezkor pul oʻtkazish muassasi vakili hamda “Western Union” xalqaro pul oʻtkazish muassasi vakiliga aylandi.
2002-yilda
2002-yilning 29-iyunidan boshlab OʻzR Markaziy Banki litsenziyasiga muvofiq bank oʻz faoliyatini Aksiyadorlik Tijorat Turonbank sifatida davom ettirdi.
1990-yilda
Aksiyadorlik Tijorat "Turonbank" respublikada ochilgan birinchi tijorat banklar qatoriga kiradi, 1990-yil 6-oktyabrda oʻtkazilgan taʼsis konferensiyasida aʼzolar tomonidan tasdiqlangan, 1990-yil 6-noyabrda Davlat banki tomonidan № 713 raqam ostida roʻyxatga olingan.

Quyida keltirilganlar bank ochilishida uning taʼsischilari boʻldilar:
  • Melioratsiya va suv xoʻjaligi Vazirligi va uning qaramogʻidagi tashkilot va korxonalar;
  • Suv xoʻjaligi qurilishi Davlat Qoʻmitasi va unga qarashli korxona va...

Tashev Aziz Taxirovich

Boshqaruv Raisining Birinchi O'rinbosari

Kaldibayev Sultan Torabekovich

Boshqaruv Raisining O‘rinbosari

Rustamov Dilshod Abduxapisovich

Boshqaruv Raisining O‘rinbosari

Ibragimova Shaxlo Alimbaevna

Boshqaruv Raisining O‘rinbosari

Axmedov Toxirjon Xasanjon o‘g‘li

Moliya masalalari direktori
Umumiy ma’lumotlar
Tarix
Bank Boshqaruvi
Bank kengashi
Tarkibiy tuzilmalar
Bank missiyasi
Bizning mijozlarimiz
Hamkorlar
Bankni rivojlantirish strategiyasi
Biznes-reja
Bank ustavi
Reytinglar
Litsenziyalar
Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
Mulohaza va takliflar
Karyera
«Turonbank» ATBning ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimi
Qulay
Qulay
Qulay
Yangi mijozlarni masofadan turib My ID tizimi orqali ro‘yxatga olish va identifikatsiyalash.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Konversiya
Konversiya
Konversiya
Konvertatsiya qilinadigan xorijiy valyutalar bo‘yicha konversion xizmatlar.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
To‘lov QR-kod orqali
To‘lov QR-kod orqali
To‘lov QR-kod orqali
Xaridlar uchun to‘lovni joylarda HUMO PAY, QR‑kod orqali amalga oshirish mumkin.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Asosiy Kartada
Biz bilan bog‘lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Uzluksiz
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Ish tartibi: DU-JU 08:00-22:00
Sayt menyusi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X