"Turonbank" ATBda xodimlarning aqliy rivojlanishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar jadal tarzda davom etmoqda. Avval xabar berganimizdek, Bankni transformatsiya qilish jarayonlarida moliya muassasasi xodimlarining bilim va tajribasini oshirish uchun o‘quv-treninglarga start berilgan edi.

Navbatdagi trening Xorazm bank xizmatlari markazi xodimlari uchun o‘tkazildi. O‘quv seminar davomida Banklar va bank faoliyati qonunchiligi, Xizmat ko‘rsatish standartlari, "Colvir" dasturida ishlash, Chakana va korporativ xizmatlar ko‘rsatish hamda psixologiya, taym-menedjment singari mavzularda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz har bir mavzu bo‘yicha xodimlar maxsus test sinovlaridan ham o‘tkaziladi. Mazkur o‘quv-treninglar Turonbankning Respublika bo‘ylab barcha hududlardagi BXM va BXOlarida o‘tkaziladi.

_MG_2897.JPG
_MG_2921.JPG
_MG_2898.JPG
_MG_2980.JPG
_MG_2948.JPG
_MG_2955.JPG
_MG_3046.JPG
_MG_3071.JPG
_MG_3098.JPG
_MG_3099.JPG
_MG_3114.JPG
_MG_3112.JPG
_MG_3124.JPG
_MG_3127.JPG
_MG_3136.JPG
image_2023-05-10_10-37-15.png
IMG_7406.JPG

_MG_3140.JPG
_MG_3030.JPG
_MG_3022.JPG
_MG_3168.JPG