photo_2024-01-12_11-32-57.jpg

Turonbank Markaziy bank tomonidan “Eng faol bank” deya topildi!

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni qo‘llab – quvvatlab, ayni yo‘nalishda yangi dastur va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan “Turonbank” ATB faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’tirof etildi.

Ya’ni, moliya muassasasi “Ijtimoiy tarmoqlarda moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilish” bo‘yicha eng faol bank sifatida qayd etildi.

Bildirilgan ishonch va mukofot uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Mijozlarimizning moliyaviy savodxonligini oshirishda yana-da samarali loyihalarni amalga oshirishni davom ettiramiz!