Размер:
AAA
Цвет: CC
Изображения: Вкл.Выкл.
Обычная версия сайта
1220
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Uzluksiz
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
...
Yangilangan sana: ...

"Yosh tadbirkor" krediti

Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi.
18%
Foiz stavkasi
60 oygacha
Kredit muddati
2 500 000 000 so‘mgacha
Kredit miqdori
Menyu

Kredit haqida

Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi.

100 000 000 so‘mgacha biznes loyihalarga kredit ajratish shartlari:

Kreditning minimal miqdori Chegaralanmagan
Mijoz toifasi
  • yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yoshlarga;
  • dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoshlarga. 
Kredit maqsadi
  • sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash; 
  • zamonaviy savdo markazlari hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish yo‘nalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish (modernizatsiya qilish).
Kredit summasining maksimal miqdori 100 000 000,0 (bir yuz million) so‘mgacha
Kredit muddati 5 (besh) yilgacha
(Biznes loyiha xususiyatidan kelib chiqib, kreditning 50 foizgacha qismi aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish sharti bilan 24 oygacha muddatga ajratilishi mumkin)
Imtiyozli davri (kredit boʻyicha)
  • asosiy qarz to’lovlari uchun - 1 yilgacha;
  • foiz to‘lovlari to’lovlari uchun 3 oygacha.
Kredit ta’minoti Sug‘urta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaxs kafilligi
Aloxida shartlar Mazkur kredit 18 yoshga toʻlgan – 30 yoshdan oshmagan fuqarolar tomonidan faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tadbiq etiladi.
  • Ajratilgan moliyaviy resursdan maqsadsiz foydalanilmaydi. 
  • Ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas.

200 000 000 so‘mgacha biznes loyihalarga kredit ajratish shartlari:

Kreditning minimal miqdori Chegaralanmagan
Mijoz toifasi kamida 6 oydan ortiq muddat davomida faoliyat ko‘rsatayotgan quyidagi subyektlarga ajratiladi:
  • yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yoshlarga;
  • dehqonchilik va hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yoshlarga;
  • ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushining kamida 50 foizi kredit ajratilishi vaqtida yosh bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga
Kredit maqsadi
  • Kreditlar magistral va ichki yo‘llar bo‘yi, jamoat joylarida (shu jumladan, sayilgohlar, turistik maskanlar, gastronomik va ijod ko‘chalarida) ko‘chma yoki yengil konstruksiyali savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va nuqtalarini (chakana savdo rastalari, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari va sanitariya-gigiyena shoxobchalari kabi) tashkil etish. Ushbu faoliyat turlarini amalga oshirish uchun jihoz va vositalarni xarid qilish uchun ajratiladi.
Kredit summasining maksimal miqdori 200 000 000,0 (bir yuz million) so‘mgacha
Kredit muddati 5 (besh) yilgacha
Imtiyozli davri (kredit boʻyicha)
  • asosiy qarz to’lovlari uchun - 1 yilgacha;
  • foiz to‘lovlari to’lovlari uchun 3 oygacha.
Kredit ta’minoti Xizmatlar ipotekasi yoki boshqa ta’minot turlari asosida 200 000 000 (ikki yuz million) so‘mgacha.
Aloxida shartlar
  • Mazkur kredit 18 yoshga toʻlgan – 30 yoshdan oshmagan fuqarolar tomonidan faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tadbiq etiladi.
  • Ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushining kamida 50 foizi yosh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxslarga. 
Qo’shimcha shartlar Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratilgandan so‘ng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli bo‘lgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga o‘tkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan, vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Ushbu talab buzilgan taqdirda, tijorat banki tomonidan ajratilgan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish choralari ko‘riladi.
  • Ajratilgan moliyaviy resursdan maqsadsiz foydalanilmaydi. 
  • Ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas.

2 000 000 000 so‘mgacha biznes loyihalarga kredit ajratish shartlari:

Kreditning minimal miqdori Chegaralanmagan
Mijoz toifasi
  • Dehqonchilik va hunarmandchilik yurituvchisiga; 
  • Tadbirkorlik subyektlari kamida 12 oydan buyon faoliyat koʻrsatayotgan hamda oxirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari 500 mln soʻmdan 10 mlrd soʻmgacha miqdorni tashkil etgan boʻlishi lozim. Bunda kredit miqdori tadbirkorlik subyektlarining aylanma mablagʻlari talab etiladigan minimal miqdor 500 mln soʻmga nisbatan proporsional tarzda kamaytiriladi.
Kredit maqsadi
  • ichki va tashqi bozorlarda talab ko‘p bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi biznes loyihalarni moliyalashtirish;
  • ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, asosiy vositalarni sotib olish (shu jumladan, “sanoat ipotekasi” asosida) hamda aylanma mablag‘larni shakllantirish; 
  • tijorat maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan avtotransport vositalarini xarid qilish;
  • savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil qilish; 
  • yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, shu jumladan, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar kabi yo‘nalishlarda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish; 
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladigan biznes loyihalar.
Kredit summasining maksimal miqdori 2 000 000 000,0 (ikki milliard) so‘mgacha
Kredit muddati 5 (besh) yilgacha
Imtiyozli davri (kredit boʻyicha)
  • asosiy qarz to’lovlari uchun - 1 yilgacha;
  • foiz to‘lovlari to’lovlari uchun 3 oygacha.
Kredit ta’minoti Kredit ta’minoti siyosati talablari asosida.
Aloxida shartlar
  • Mazkur kredit 18 yoshga toʻlgan – 30 yoshdan oshmagan fuqarolar tomonidan faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tadbiq etiladi. 
  • ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushining kamida 50 foizi kredit ajratilishi vaqtida yosh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga; 
  • yaratiladigan ish oʻrinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat koʻrsatuvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga.
Qo’shimcha shartlar Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan, vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Ushbu talab buzilgan taqdirda, tijorat banki tomonidan ajratilgan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish choralari koʻriladi.
  • Ajratilgan moliyaviy resursdan maqsadsiz foydalanilmaydi. 
  • Ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas.

2 500 000 000 so‘mgacha biznes loyihalarga kredit ajratish shartlari:

Kreditning minimal miqdori Chegaralanmagan
Mijoz toifasi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilgan yoshlarga xizmatlar koʻrsatuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlariga. 
  • Aʼzolarining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini yoshlar tashkil etuvchi qishloq xoʻjaligi kooperativlariga.
Kredit maqsadi
  • Kreditlar mini traktor, kultivator, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, mahsulotlarni saralash, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash uskunalarini xarid qilish va sug‘orish tizimlari (quduqlar burg‘ilash) loyihalari uchun qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ajratiladi.
Kredit summasining maksimal miqdori 2 500 000 000,0 (ikki milliard besh yuz million) so‘mgacha
Kredit muddati 5 (besh) yilgacha
Imtiyozli davri (kredit boʻyicha)
  • asosiy qarz to’lovlari uchun - 1 yilgacha;
  • foiz to‘lovlari to’lovlari uchun 3 oygacha.
Kredit ta’minoti Kredit ta’minoti siyosati talablari asosida.
Aloxida shartlar
  • Mazkur kredit 18 yoshga toʻlgan – 30 yoshdan oshmagan fuqarolar tomonidan faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tadbiq etiladi. 
  • ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushining kamida 50 foizi kredit ajratilishi vaqtida yosh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga; 
  • yaratiladigan ish oʻrinlarining kamida 50 foiziga yoshlarni ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi loyihani amalga oshiruvchi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat koʻrsatuvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga.
Qo’shimcha shartlar Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratilgandan soʻng tadbirkorlik subyektining ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas (yosh fuqaro vafot etgan, vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan hollar bundan mustasno). Ushbu talab buzilgan taqdirda, tijorat banki tomonidan ajratilgan kredit summasini muddatidan oldin qaytarish choralari koʻriladi.
  • Ajratilgan moliyaviy resursdan maqsadsiz foydalanilmaydi. 
  • Ustav fondi (ustav kapitali)dagi kredit ajratilishi vaqtidagi yosh fuqaroga (fuqarolariga) tegishli boʻlgan ulushi miqdorini kredit shartnomasi muddati davomida kamaytirish yoki boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin emas.

Hujjatlar

Kreditni onlayn tarzda rasmiylashtiring

Siz kredit olish uchun bank bo'limida yoki sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin. Onlayn arizalar kechasiyu kunduzi qabul qilinadi va tezda ko'rib chiqiladi.

Onlayn so'rovnoma shaklini to'ldiring. Xodimimiz siz bilan bog'lanib, ro'yxatdan o'tish va berish shartlarini tushuntiradi.

Savollar va javoblar
Yana savollaringiz bormi? Unda bizning savollar va javoblar ma'lumotlar bazamizga kirishingiz mumkin.

Foydalanish shartlari

Zarur hujjatlar
1 Ariza   
2 Mijoz yuridik yig'ma jildida mavjud bo'lmagan ta'sis hujjatlarining tasdiqlangan nusxalari (guvohnoma, nizom, ta'sis shartnomasi, rahbar va bosh hisobchining buyrug'i, bank kafolat xati olish boʻ'yicha ta'sischilar bayonnomasi yoki ta'sischining qarori)
3 Kredit hisobidan sotib olinadigan mahsulotlar boʻyicha shartnomalar (yoki nusxalari)
4 Biznes - rejadagi pul oqimlar hisoboti (TIA) (loyihadan kelib chiqib)
5
Ta'minot hujjatlari
6 Loyihadan kelib chiqqan holda boshqa hujjatlar talab qilinishi mumkin
Talablar
1 "Turonbank" ATB tizimida asosiy hisobvaragʻiga ega boʻlgan
2 Oxirgi hisobot davriga faoliyatini zarar bilan yakunlamagan (Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari mustasno)
3 Korxonaning salbiy kredit tarixi boʻlmasligi ((60+ besh martadan) (90+ bir marotadan oshmagan)
Bank oldida muddati oʻtgan va boshqa majburiy toʻlovlardan muddati oʻtgan qarzdorligi (Kartoteka-2) boʻlmasligi lozim
5 Joriy kreditlari boʻyicha kredit ajratiladigan davrda muddati oʻtgan kredit qarzdorliklari boʻlmasligi va avval ajratilgan kreditlar boʻyicha (so'ndirilganligidan qat'iy nazar) sud jarayoniga oʻtkazilmagan va/yoki hisobdan chiqarilmagan hamda kredit ajratiladigan davrda sud jarayonidagi kreditlari bo'lmagan.

Ta'minot turi

  • sug‘urta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaxs kafilligi.
  • kredit summasiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.

Kredit qanday olinadi?
1
Arizani to‘ldirish
Kredit olish jarayoni arizani onlayn yoki bankning HKXKM/KXKMlaridan birida topshirishdan boshlanadi.
2
Qarorni kuting
Ariza bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Kerakli hujjatlarni tayyorlang. Menejer siz bilan bog‘lanadi, tafsilotlarni aniqlashtiradi va uchrashuv haqida kelishib oladi.
3
Kredit oling
Ariza ma’qullanganidan so‘ng, biz xarid uchun sarflangan pulingizni sotuvchining hisobiga o‘tkazamiz
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Konsultantlarimiz har qanday muammoingizni hal qilishga yordam beradilar. Bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki qayta (obratniy) qo‘ng‘iroq qilishimizga buyurtma bering.
Depozitlar bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, ularga konsultantlarimiz javob beradilar.
1220, +998 71 202-01-01
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Uzluksiz

MyTuron mobil ilovasida interfaol xizmatlar va kalkulyator mavjud.

Bankni qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chatdan ham foydalanishingiz mumkin.

Boshqa kreditlar
Turon Qulay 2.0
27%
Foiz stavkasi
36 oygacha
Kredit muddati
Yuridik shaxs yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarlik subyektlariga o‘z bizneslarini...
Tezkor Mikrokredit
15% dan
Foiz stavkasi
36 oygacha
Kredit muddati
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun milliy va xorijiy valyutadagi mikrokredit
“Welcome” krediti
27,99%
Foiz stavkasi
36 oygacha
Kredit muddati
Turonbank mijozi bo‘lgan yoki Turonbankda hisobraqamga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yoki tadbirkorla...
Business - Avto
27,99%dan
Foiz stavkasi
48 oygacha
Kredit muddati

Birlamchi bozordan har qanday turdagi avtotransport vositalarini xarid qilish uchun tadbirkorlarga...

"Express-kafolat"
1-3%
Foiz stavkasi
Kafolat muddati tugagunga qadar
Kredit muddati
Tender savdolarida qatnashish uchun bank kafolat xati taqdim etiladi.
"Oson" krediti
25% dan
Foiz stavkasi
36 oygacha
Kredit muddati
Turonbank mijozi bo‘lgan yoki Turonbankda hisobraqamga ega bo‘lgan yuridik shaxslar yoki tadbirkorlar...
"Revolver-kafolat"
Bosh kelishuvga asosan
Foiz stavkasi
36 oygacha
Kredit muddati
Avans to'lovlarini amalga oshirish, shartnoma shartlarini bajarish, bojxona toʻlovlarini ma'lum...
"Yosh kadrlar" kredi...
18%
Foiz stavkasi
84 oygacha
Kredit muddati
Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish sohasida asosiy fondlarni shakllantirish hamda aylanma mablagʻlarni...
Ishlab chiqarishni qo'llab-quv...
27,99%
Foiz stavkasi
36 oygacha
Kredit muddati

Ishlab chiqarish faoliyatini boshlayotgan yoki o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida bo‘lgan tadbirkorlik...

Aylanma mablag'larni to'ldiris...
27,99%
Foiz stavkasi
36 oygacha
Kredit muddati

Xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni sotib olish, bajarilgan xizmatlar hamda ishlar uchun...

Qulay
Qulay
Qulay
Yangi mijozlarni masofadan turib My ID tizimi orqali ro‘yxatga olish va identifikatsiyalash.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Konversiya
Konversiya
Konversiya
Konvertatsiya qilinadigan xorijiy valyutalar bo‘yicha konversion xizmatlar.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
To‘lov QR-kod orqali
To‘lov QR-kod orqali
To‘lov QR-kod orqali
Xaridlar uchun to‘lovni joylarda HUMO PAY, QR‑kod orqali amalga oshirish mumkin.
Mavjud Google PlayYuklang App Store
Mobil ilova MyTuron
Barcha bank xizmatlaridan tez foydalnish uchun smartfoningiz bilan QR-kodni skaner qiling
QR code
Asosiy Kartada
Biz bilan bog‘lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Uzluksiz
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Sayt menyusi
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X