Depozit haqida
Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqarish yo‘li sifatida Turonbank yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga korxona pul mablag‘larini foyda (protsent) olish sharti bilan bankka joylashtirishni tavsiya etadi, bu yo‘l mablag‘lardan mumkin qadar samarali foydalanish imkonini yaratadi.
O‘z pul mablag‘lari va daromadlarini rejalashtirishga o‘rgangan individual tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun Bank xilma-xil shart-sharoitlar, muddatlar va turli xil foyda (protsent) olish mumkin bo‘lgan qator maxsus depozitlarni ishlab chiqdi. Bankka qo‘yilgan mablag‘laringizning saqlanishi va daromad keltirishini kafolatlaymiz. Daromadlar foydasi ko‘yilgan mablag‘ summasi va muddatlarga bevosita bog‘liq.
Depozitga mablag‘ qo‘yish naqd pulsiz, faqat yuridik shaxs hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bank depozitga qo‘yish uchun pul mablag‘larini milliy va chet el valyutasida qabul qiladi. Depozitning muddati tugagandan so‘ng depozit summasi va yig‘ilgan foydalar (protsentlar) bank depoziti shartnomasida ko‘rsatilgan omonatchining rekvizitlariga o‘tkaziladi.
Depozitga pul qo‘yish afzalliklari:
- depozitga pul qo‘yish pul mablag‘larini saqlash va yig‘ishning qulay yo‘li bo‘lib, o‘z vaqtida egasiga qaytarilishi va to‘lanishi kafolatiga ega;
- korxonangizning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari ish berishi va Sizga barqaror daromad keltirishi mumkin;
- pul mablag‘larining qisqa muddatga ham, uzoq muddatga ham joylashtirish imkoniyatini beradi;
- depozitning muddati va undan olinadigan foyda (protsentlar) shartnomada qayd etiladi va bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin emas;
- shartnoma alohida shartlar asosida ham tuzilishi mumkin;
- depozitning qaytarilishi kafolatlanadi.
Оperatsiya turi | Foizi (yillik, 365 kun hisobida) | Мiqdori | Saqlash muddati |
Yuridik shaxslardan xorijiy valyutada muddatli depozit jalb qilish | 4 foizgacha (shu jumladan) | Мijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan | 1 yilgacha muddatga |
5 foizgacha (shu jumladan) | 1 yildan yuqori muddatga | ||
Yuridik shaxslardan xorijiy valyutada jamg'arma depozit jalb qilish | 2 foizgacha | Мijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan |
Format: doc
Format: xlsx