Karta haqida
Bank korxona va tashkilotlarga mehnat haqi va boshqa daromadlarni to‘lash, hisob raqamlarga o‘tkazishni plastik kartalar yordamida amalga oshirishni taqdim etadi. Buning natijasida, naqd pul mablag‘lariga doir g‘azna operatsiyalarini amalga oshirish, ularni saqlash va transportirovka qilish bilan bog‘liq mablag‘larni tejash hisobiga, xodimlarga mehnat haqini to‘lashga tegishli xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini beradi.
Mehnat haqi loyihasi amalga oshirilayotgan korxona xodimlari ham bundan foyda ko‘radilar: mehnat haqi to‘langanda, karta hisob raqamiga foizlar o‘tkazilganda maxfiylikning saqlanishi, Turonbank infokioslari orqali kommunal xizmatlar, uyali aloqa xizmatlari uchun va h.k. to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatidan foydalanish.
Turonbankning so‘mli kartalariga egalik Sizga quyidagi afzalliklar beradi:
Hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mablag‘larini saqlashning xavfsizligi;
Karta hisob raqamidagi pul qoldig‘iga o‘tkaziladigan foizdan olinadigan qo‘shimcha daromad;
Naqd pul mablag‘laringizning yo‘qolmasligi yoki o‘g‘irlanmasligi kafolati;
Hisob-kitoblarning aniqligi.
Turonbankning to‘lov kartali yordamida Siz quyida keltirilgan to‘lovlar va operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin:
- Karta hisob raqamiga mehnat haqingiz va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘tkazish;
- Savdo terminallari o‘rnatilgan savdo punktlarida xarid qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- Banklar g‘aznalarida naqd pul mablag‘larini olish (faqat individual va mehnat haqi kartalar bo‘yicha);
- Pul mablag‘larni karta hisob raqamidan yuridik va jismoniy shaxslar hisob raqamlariga o‘tkazish, masalan, institutda ta’lim olish uchun yoki kredit bo‘yicha qarzlarni uzish uchun;
- Karta hisob raqamiga naqd pul mablag‘larni o‘tkazish;
- Bank kassalari va Turonbank infokiosklari to‘lov tizimlari orqali kommunal hizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish
— Gaz (suv, elekt quvvat) uchun;
— mobil aloqa va Internet xizmatlari uchun;
— stasionar telefon uchun.
Shartnoma shakli
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: pdf