Karta haqida
Bank Sizga tashkilotingiz faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan to‘lovlarni Turonbank korporativ kartalari bo‘yicha naqd pulsiz amalga oshirish xizmatlarini taqdim etadi.
Turonbank korporativ kartalari, bu — yuridik shaxslarga ham, yuridik shaxs bo‘lmagan xususiy tadbirkorlarga ham beriladigan to‘lov vositasidir.
Korporativ kartalar quyidagi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan:
- Ish bo‘yicha safar (komandirovka) xarajatlari (chiptaga buyurtma berish, mehmonxona, restoran uchun haq to‘lash va boshqa xarajatlar);
- Qo‘shimcha xarajatlar (chiqimlar);
- Xo‘jalik xarajatlari (umumiy iste’mol va korhona ehtiyojlari uchun zarur tovarlar);
- Korxonaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar (tovarlar sotib olish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish va h.k.);
- Korxona taqdimoti bilan bog‘liq xarajatlar (sovg‘alar, magazinlar, restoranlar va h.k.). Korporativ plastik kartalarni chiqarish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish operatsiyalari
Shartnoma shakli
Format: xlsx
Hujjatlar
Format: pdf