Turonbank barcha turdagi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatadi hamda yirik xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qiladi. Bank tomonidan Yevropaning yetakchi tijorat banklari bilan mustahkam va uzoq yillik munosabatlar o‘rnatilgan va MDH hamda jahon mamlakatlari valyutalarida korrespondentlik hisobvaraqlaridan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda, natijada bank mijozlari banklararo pul o‘tkazish, xujjatli akkreditivlar va bank kafolatlari kabi tashqi savdo amaliyotlarini amalga oshirish, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘z vaqtida va samarali o‘rnatish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Xizmat ko‘rsatishdagi qulay tariflar va operativlik nafaqat bankning o‘z amaliyotlarini amalga oshirishi, balki hamkorlarining xalqaro faoliyatini keng rivojlantirishga yordam beradi.
Turonbank jahonning 75 dan ziyod banklari bilan vakillik munosabatlarni o‘rnatdi, 10 dan ortiq banklarda vakillik hisobvaraqlar ochilgan, shu jumladan:- Korea Exchange Bank (Koreya Respublikasi)
- Азиа-Инвест банк (Rossiya)
- ODDO BHF (Germaniya)
- Ориёнбанк (Tojikiston)
- Bank of China (Xitoy)