Hurmatli mijozlar, “Turonbank” ATB tasarrufidagi Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xurshid ko‘chasi, 85 a-uy joylashgan "Yunusobod" Bank xizmatlari ofisi hamda Chilonzor tumani, Farxod ko‘chasi, 6 a-uy joylashgan "Chilonzor" Bank xizmatlari ofisi o‘z faoliyatlarini yakunlashini sizga ma’lum qilamiz.

Hozirgi kunda “Turonbank” ATBning barcha Bank xizmatlari markazi va Bank xizmatlari ofislari doimiy tarzda mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Mazkur markaz va ofislarda barcha bank xizmatlarimizdan foydalanishingiz mumkin.