Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-246-sonli qarori va Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha Maxsus komissiya qaroriga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab fuqarolarning koʻchmas mulk va avtotransport vositasining oldi-sotdi jarayonlari quyidagi tartibda amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.
  • koʻchmas mulk va avtotransport vositasining oldi-sotdi jarayonlari fuqarolarning eskrou hisobvaragʻi orqali amalga oshiriladi.
  • bankning amaldagi tarifiga oʻzgartirishlar kiritilgan holda koʻchmas mulk oldi-sotdisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50% (amalda - 206 000 so‘m) va avtotransport vositalarining oldi-sotdisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25% (amalda - 103 000 so‘m) miqdorigacha komissiya undiriladi.
  • xaridor va sotuvchining hisobvaragʻi bitta bankda boʻlganda bir marta haq undiriladi, agarda xaridor va sotuvchiga har xil bankda xizmat koʻrsatilganda har bir bank ushbu komissiyaning yarmidan oshmagan miqdorda xizmat haqi undiriladi (teng boʻlinadi).