Xizmatlar sifati va barqarorligini yanada oshirish maqsadida, Turonbank tizimida rejalashtirilgan texnik profilaktika ishlari olib borilishini xabar qilamiz.
2026-yil 23-may kuni soat 10:00 dan 24-may kuni soat 01:00 ga qadar bankning axborot tizimlari (Colvir ABT), MyTuron mobil ilovasi, yuridik shaxslar uchun Internet-banking, hisob-kassa amaliyotlari, to‘lov va tranzaksiya xizmatlari, shuningdek, bankomat, terminal, BXM va BXOlar faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, zaruriy va muhim amaliyotlarni oldindan bajarib olishingizni soʻraymiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Xizmatlar to‘liq tiklangach, bu haqda qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.
Tushunganingiz uchun rahmat!
21 May 2026








