Bugungi kunda bankimiz tomonidan onlayn mikroqarzlar (sinov/test rejimida) ajratib kelinmoqda. Ma’lum qilamizki, onlayn mikroqarz ajratish jarayonida mijozdan hech qanday qo‘shimcha komissiya to‘lovlari undirilmaydi. Sug‘urta mukofoti esa kredit foiz stavkasining bir qismi hisobidan qoplanadi. Ushbu kredit muddatidan oldin to‘liq so‘ndirilganda, foiz hisoblash to‘xtatiladi va natijada mijoz tomonidan ortiqcha sug‘urta xarajatlari to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, boshqa chakana kredit mahsulotlari doirasida rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomalarining foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha sug‘urta mukofotini qaytarish tartibi mijoz hamda u tomonidan mustaqil tanlangan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq tartibga solinadi. Sug‘urta mukofotining qaytarilish (yoki qaytarilmaslik) shartlari, talab etiladigan hujjatlar va muddatlar bevosita ushbu sug‘urta shartnomasida belgilanadi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga muvofiq, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.








