«Turonbank» ATB Kengashining 2025 yil 31 iyuldagi K-47-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Turonbank” ATBning qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarori 2025 yil 13 avgustda R0496-28-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini maʼlum qiladi.

Ushbu chiqarilish doirasida egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shakldagi nominal qiymati 1 700 soʻm boʻlgan umumiy qiymatdagi 149 999 999 800 coʻmlik 88 235 294 dona oddiy aksiyalar joylashtiriladi. 

Ushbu aksiyalar yopiq obuna orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligiga joylashtiriladi.

Aksiyadorlar qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalardan oʻzi egalik qilayotgan shu turdagi aksiyalar ulushiga mutanosib ravishda sotib olishlari mumkin.

Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati ushbu bildirishnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kunni tashkil etadi. 

Bank aksiyalarini olishda imtiyozli huquqqa ega aksiyadorlar roʻyxati 2025 yil 31 iyul holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reestri maʼlumotlari asosida tuziladi. 

Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni bankka yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida bankka taqdim etilishi kerak.

Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. Aksiyalar boʻyicha toʻlovlar pul mablagʻlari bilan naqd va naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunining 36-moddasiga asosan aksiyalarning imtiyozli sotib olish huquqi amal qilish davrida toʻlovlar, yuridik shaxslar uchun naqdsiz shaklda – pul oʻtkazish yoʻli bilan, jismoniy shaxslar uchun naqd – bank kassasiga topshirish yoʻli bilan va naqdsiz shaklda – talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlari orqali, shu jumladan plastik kartochkalar orqali ham amalga oshiriladi, bunda aksiyalar uchun pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladigan toʻlovlar «Turonbank» ATB dagi quyidagi hisob raqamga qabul qilinadi:

H/r: 29830000200000446354, MFO 00446, STIR 201055108;

Bank joylashgan manzil: Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4a uy.

Aksiyalar uchun naqd shakldagi toʻlovlar «Turonbank» ATBning barcha Bank xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilinadi.

«Turonbank» ATB aksiyadorlari olishga xaqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

A/873024956 =B

88 235 294 *B=C

Shunda:

873024956 – Bank ustav kapitalidagi umumiy aksiyalar soni

88 235 294 – qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalar umumiy soni

A – aksiyadorning Bank ustav kapitalidagi aksiyalari soni

V – Bank ustav kapitaliga mutanosib ravishda aksiyalar soni

C – imtiyozli xuquq qoʻllanilganda aksiyador tomonidan cotib olinadigan aksiyalar soni.

Qoldiq hosil boʻlgan xollarda, qoldiq son 5 (besh) dan ortiq boʻlsa koʻpaygan tomonga, 5 (besh) dan kam boʻlsa kamaygan tomonga butlanadi.

Aksiyadorlar, qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun bankning Moliya bozoridagi operatsiyalar departamentiga murojaat qilishlari mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: +998 71 202 01 01 ichki raqam:1700