“Turonbank” ATB internet provayderini yangilash bo‘yicha 2-avgust kuni rejalashtirilgan texnik ishlarni amalga oshiradi.

Muddat: 2-avgust, soat 00:00 dan 12:00 gacha

Ushbu vaqt oralig‘ida quyidagi xizmatlarda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin:

  • mijozlar uchun mobil ilovalar (MPFL, MPUL);
  • internet-banking;
  • rasmiy sayt Turonbank.uz.

Texnik ishlar yakunlangach, barcha xizmatlar odatdagi tartibda qayta ishlaydi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Hurmat bilan, “Turonbank” ATB jamoasi