Rejalashtirilayotgan xaridlar:

“Turonbank” ATBning axborot xavfsizligi bo‘yicha amaldagi kompleksini kengaytirish, modernizatsiya qilish va uning faoliyat muddatini uzaytirish.

Tizimlar ro‘yxati:

1. Mavjud Positive Technologies Vulnerability Management tizimi uchun 500 ta aktivga mo‘ljallangan obunani 3 yil muddatga uzaytirish.
2. Mavjud Positive Technologies Security Information and Event Management (SIEM) tizimi uchun 500 ta aktivga mo‘ljallangan obunani 3 yil muddatga uzaytirish.
3. Mavjud InfoWatch Traffic Monitor Enterprise Edition tizimini litsenziyasini 300 tadan 800 ta foydalanuvchigacha kengaytirish hamda mavjud va yangi litsenziyalar uchun texnik qo‘llab-quvvatlash muddatini 3 yilga uzaytirish.
4. Kaspersky antivirus himoya tizimining mavjud obunasini uzaytirish va uning tahririni Endpoint Security for Businessdan Total Security for Businessga kengaytirish, litsenziyalar sonini 1250 tadan 1450 taga 3 yil muddatga oshirish, shuningdek, xuddi shu 1450 ta litsenziya uchun 3 yil muddatga oxirgi nuqtalar (qurilmalar) kompleks himoyasini Kaspersky Endpoint Detection and Response Expert darajasiga modernizatsiya qilish. Shu bilan birgalikda, bankomatlarni antivirus himoyasi bilan ta’minlash uchun Kaspersky Embedded Systems Security yechimining 400 ta litsenziyasini 3 yil muddatga xarid qilish.
5. Mavjud FudoPAM tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash muddatini uzaytirish va litsenziyalar sonini 3 yil muddatga 300 tagacha kengaytirish.

Barcha tizimlar bo‘yicha tijorat taklifini tizimlarning to‘liq nomlari va yetkazib berish shartlari batafsil ko‘rsatilgan holda, yagona taklif shaklida taqdim etishingizni so‘raymiz.

Takliflar 2026-yil 11-noyabr soat 18-00 gacha qabul qilinadi.

Yuzaga keladigan savollar bo‘yicha bankning quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz: +998 71 202-01-01 (Ichki raqam: 2300, 2301)