Turonbank Germaniyaning “AKA” banki bilan yangi shartnoma imzoladi!
Tadbirkorlarning biznes loyihalarini qo‘llab – quvvatlash, ularga xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyaviy ko‘mak berish maqsadida, Turonbank o‘zining doimiy va ishonchli hamkori Germaniyaning “AKA” banki bilan navbatdagi Individual kredit shartnomasini imzoladi.
Unga ko‘ra, bank mijozi bo‘lgan “Javohir medical centre” korxonasiga tibbiyotda qo‘llaniladigan texnologiyalarni xarid qilish uchun 3,2 mln. Yevro miqdorida kredit ajratiladigan bo‘ldi.
Uchrashuvda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Aziz Tashev va “AKA” banki Boshqaruv raisi Marsk Wengrzik ishtirok etishdi. Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning kelgusidagi rejalari muhokama etilib, aloqalarni yana-da mustahkamlashga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, “Turonbank” ATB Germaniyaning “AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH” banki bilan 2020-yildan buyon samarali ishlab kelmoqda va hozirga qadar 10 mln. Yevro miqdoridagi nemis sarmoyasi bank mijozlarining faoliyatini yana-da rivojlantirish bo‘yicha jalb etilgan.