Bankir qizlarimiz muhim tadbirda ishtirok etishmoqda!
Ayni vaqtda poytaxtimizdagi yoshlar ijod saroyida gender tenglik va xotin - qizlarning ijtimoiy - siyosiy faolligini oshirish kabi qator masalalarni qamrab olgan o‘quv - seminari bo‘lib o‘tmoqda.
12-13-avgust kunlariga belgilangan tadbirda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova singari o‘nlab o‘z sohasining professionallari tajribalari bilan o‘rtoqlashishlari rejalashtirilgan.
Bankir xonimlar uchun esa maxsus "Moliyaviy savodxonlik" treninglari ham tashkil etilganligi muhim ahamiyatga ega.