7 Iyul 2025 - 7 Iyul 2025
Buxoroda yangi bosqich: bilim, tajriba va rivojlanish!
Joriy yilning 5-iyul kuni “Turonbank” ATB tomonidan Buxoro BXM va BXO xodimlari uchun kasbiy salohiyatni oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbir “Filial tarmoqlarini boshqarish”, “Chakana biznes”, “Kichik va o‘rta biznes” hamda “Operatsion” departamentlari hamda Oʻquv markaz hamkorligida o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan samarali mashg‘ulotlarga boy bo‘ldi.
Seminar davomida zamonaviy mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, 3030-sonli nizom asosida bo‘linmalarga qo‘yiladigan talablar, chakana va KOB yo‘nalishidagi bank mahsulotlari, ularni samarali sotish usullari hamda valyuta operatsiyalari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Tadbir nafaqat nazariy bilim, balki kundalik ish faoliyatida muhim bo‘lgan ko‘nikma va tajribalarni o‘rtoqlashish imkonini yaratdi.
Turonbank — ishonchli, zamonaviy va barqaror taraqqiyot yo‘lini qo‘llab-quvvatlaydi!





