16 Iyul 2025 - 16 Iyul 2025
Chexiyada o‘quv-amaliy seminari boshlandi!
Joriy yilning 14–23-iyul kunlari Chexiya Respublikasining Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida “Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda banklarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida xalqaro o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli tadbirda ”Turonbank” ATB vakillari sifatida Xodimlarni boshqarish departamenti direktori - N.Tangriberdiyev, Buxgalteriya hisobi departamenti Bosh buxgalteri - Sh.Bozorov hamda Boshqaruv Raisining yordamchisi - A.Jo’rayevlar bank-moliya sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va amaliy yondashuvlar bilan tanishish maqsadida faol ishtirok etishmoqda.
Seminarda Yevropa bank tizimining zamonaviy yondashuvlari, innovatsion kreditlash vositalari va tadbirkorlikni samarali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash usullari chuqur tahlil qilinmoqda. Shuningdek, xalqaro ekspertlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Turonbank — o‘sish va xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish yo‘lida.