“Turonbank” ATBda ish samaradorligini yana-da yaxshilash hamda xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda moliya muassasasida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

18.jpg

Banklarda Ichki auditga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat? Tavakkalchiliklarga asoslangan audit qanday bo‘ladi hamda xavflarni aniqlash va baholashda foydalanilayotgan amaliy usullar nimalardan iborat? “Turonbank” ATB Ichki audit departamenti xodimlari uchun o‘tkazilgan seminar-treningda ayni shu mavzular muhokama etildi.

21 – 28-fevral kunlari tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida KPMG Xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari va Markaziy bank Ichki nazorat departamenti mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

20.jpg

Seminar davomida Bankning barcha jarayonlarini tahlil qilish va risklarni aniqlash, risklarning ehtimoli va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni baholash hamda risklarni boshqarish usulini tanlash tamoyillari; Tashqi baholashda Kengash va Boshqaruvning majburiyatlari shuningdek, Ichki audit xizmatini Riskka asoslangan nazoratga o‘tkazish va faoliyatini baholash singari mavzular borasida so‘z yuritildi.

21.jpg

Shu bilan birga Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar hamda Tijorat banklarini inspeksiya qilish to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

Seminar-trening so‘nggida barcha ishtirokchilarga Sertifikatlar taqdim etildi.

2.jpg


1.jpg


13.jpg


14.jpg