"Turonbank" ATB xodimlarning aqliy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratadi. 8-aprel sanasidan boshlab Bankni transformatsiya qilish jarayonlarida moliya muassasasi xodimlarining bilim va tajribasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarlariga start berildi.
Ilk seminar Turonbank Chilonzor bank xizmatlari markazi xodimlari uchun o‘tkazildi. O‘quv seminarlar davomida Banklar va bank faoliyati qonunchiligi, Xizmat ko‘rsatish standartlari, "Colvir" dasturida ishlash, Chakana va korporativ xizmatlar ko‘rsatish hamda psixologiya, taym-menedjment singari mavzular muhokama qilinadi.
Har bir mavzu bo‘yicha xodimlar maxsus test sinovlaridan ham o‘tkaziladi. Mazkur o‘quv-seminarlari Turonbankning respublika bo‘yicha barcha bo‘linmalari xodimlari uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan.