Milliy ruh – xizmatda!
Bugun “Turonbank” ATBning Toshkent shahar BXM xodimlari ish kunini o‘ziga xos ruhda – milliy liboslarda boshlashdi.
Bunday tashabbus milliylikni nafaqat bayramlarda, balki kundalik ish muhitida ham qadrlash, mijozlar bilan yaqin, ishonchli va samimiy aloqalarni kuchaytirish yo‘lida tashlangan yana bir muhim qadamdir.
Tashrif buyurgan har bir mijoz nafaqat sifatli xizmat, balki iliq muhit va milliy qadriyatlar bilan to‘qnash keldi.
Ushbu tashabbus madaniyatimizni keng targ‘ib qilish, urf-odatlarni qadrlash, jamoa ichida uyg‘unlik yaratish hamda xizmat sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Turonbank – o‘zlikni anglash yo‘lida!