18 Iyul 2025 - 18 Iyul 2025
Milliylik – qalbimiz ziynati, g‘ururimiz timsoli!
“Turonbank” ATB Zangiota BXM jamoasi tomonidan Milliy liboslar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir chinakam bayramona ruhda o‘tdi.
Bank ichra yaratilgan o‘ziga xos muhit, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va estetik go‘zallik uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘ldi. Milliy liboslar zamonaviy uslubda talqin etilib, xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analariga bo‘lgan chuqur hurmat yana bir bor namoyon etildi. Har bir libosda tarix, san’at va zamonaviylik mujassam edi. Bunday tashabbus — nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ichki ma’naviyat, jamoaviy ruh va yuksak didning ifodasidir.
Bu – milliy o‘zlikni anglash, uni ardoqlash va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.