Yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishga intilish hamda doim o‘z ustida ishlash “Turonbank” ATB xodimlariga xos bo‘lgan jihat. Bu bank rahbariyati tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanadi va xodimlarning bilim olishi uchun shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. 

Bank xodimlari uchun tashkil etilayotgan o‘quv-treninglar buning yaqqol misolidir. Ana shunday o‘quv treninglarninng navbatdagisida “Mirobod” BXM xodimlari ishtirok etdi. 

Unda malakali mutaxassislar O‘zbekiston bank tizimida olib borilayotgan ishlar, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va ularga kiritilayotgan o‘zgarishlar borasida batafsil ma’lumot berishdi.  

Shu bilan birga, moliya muassasasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar uchun taqdim etilayotgan bank mahsulotlari hamda ularni sotishda zamonaviy usullardan foydalanish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida etika qoidalari, “Colvir” dasturida ishlash jarayonlari va amaliyotda yuzaga kelayotgan vaziyatlar hamda taym-menejment va motivasion mavzularda amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. 

Eslatib o‘tamiz bu kabi o‘quv treninglar Turonbankning butun respublika bo‘ylab joylashgan barcha BXM xodimlari uchun tashkil etiladi.



5.jpg
2.jpg
7.jpg
6.jpg
8.jpg
4.jpg
9.jpg