“Turonbank” ATB o‘z xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish, ularning yangi bilimlarni egallashlariga alohida e’tibor qaratib, buning uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Har bir hududdagi BXM xodimlari uchun tashkil etilayotgan o‘quv-treninglar buning yaqqol misolidir. Navbatdagi o‘quv-trening Turonbankning Jizax BXM xodimlari uchun tashkil etildi.

Treningda malakali mutaxassislar O‘zbekiston bank tizimida olib borilayotgan ishlar, yangi qabul qilngan qonun hujjatlari va ularga kiritilayotgan o‘zgarishlar borasida batafsil ma’lumot berishdi.

Jumladan, moliya muassasasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar uchun taqdim etilayotgan bank mahsulotlari hamda ularni sotishda zg‘amonaviy usullardan foydalanish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida etika qoidalariga amal qilish bank imidji uchun muhim ahamiyatga ega, shuning uchun har bir treningda bu jarayonga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Turonbank 2022-yilda yangi avtomatlashtirilgan bank tizimi “Colvir” dasturida ishlashni boshladi. O‘quv trening davomida mazkur dasturda ishlash jarayonlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan vaziyatlar atroflicha muhokama etildi.

Bundan tashqari har bir xodimning ish jarayonida yuzaga keladigan stress holatlarga bardoshliligini chiniqtirish maqsadida xalqaro toifadagi trener, psixolog tomonidan motivasion mavzularda amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz butun respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan mazkur treninglar yakunida xodimlar maxsus test sinovlaridan ham o‘tkazilmoqda.


5O5A0717.JPG
5O5A0051.JPG
5O5A0729.JPG
5O5A0878.JPG
5O5A0938.JPG
5O5A0928.JPG
5O5A0045.JPG
5O5A0012.JPG