"Turonbank" ATBda xodimlar uchun o‘tkazilayotgan “team-building” formatdagi o‘quv-treninglarning navbatdagi Navoiy BXM xodimlari uchun o‘tkazildi.

IMG_0474.JPG
Trening davomida xodimlar o‘zaro fikr almashish va amaliyotdagi ish faoliyati yuzasidan muhokamalar o‘tkazadi, mijozlar bilan ishlash va taqdim etilayotgan xizmatlar bo‘yicha amaliy tajriba almashish imkoniyati ham mavjud. Ishtirokchilar Banklar va bank faoliyatiga oid qonunchilik, ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va zamonaviy tendensiyalar borasida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

IMG_0478.JPG
Yuridik va jismoniy shaxslar uchun taqdim etilayotgan xizmatlar hamda bank mahsulotlari, sotuv jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish borasida ham so‘z yuritillib, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin vaziyatlar keng muhokama qilindi.

Albatta har bir xodim mijoz bilan muloqot jarayonida Xizmat ko‘rsatish standartlari talablariga javob berishi kerak. Trening davomida Turonbankda xizmat ko‘rsatish standartlari va odob-ahloq qoidalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi va ularga amal qilish mijozlar hamda xodimlar uchun qanchalik muhim ekanligi tushuntirib o‘tildi.

IMG_0513.JPG
Trening davomida yangi avtomatlashtirilgan bank tizimi "Colvir" dasturi borasida ham batafsil so‘z yuritilib, unda ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar va ularni to‘g‘ri tahlil qilish borasida ma’lumotlar berildi.

IMG_0580.JPG
Turonbankda o‘tkaziladigan har bir o‘quv-treninglarda xalqaro toifadagi trener, psixolog ham ishtirok etadi. Sababi jamoadagi muhit va yakdillik ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ijobiy natijalarga erishishda har bir xodimning psixologik holati muhim ahamiyatga ega. Trening davomida taym-menedjment va muloqot samaradorligi bo‘yicha motivasion mavzularda ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

IMG_0541.JPG
Albatta har bir mavzu bo‘yicha xodimlarning bilimlari maxsus testlar orqali sinovdan o‘tadi. Mazkur o‘quv-treninglar Turonbankning Respublika bo‘ylab barcha hududlardagi BXM va BXOlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

IMG_0482.JPG
IMG_0495.JPG
IMG_0498.JPG
IMG_0621.JPG
IMG_0597.JPG
IMG_0608.JPG
IMG_0648.JPG
IMG_0627.JPG